Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 11-44
Barcha raqamlar
  • Toshkentda ICTEXPO 2017 ko'rgazmasi davom etmoqda
    20.09.2017

    ICTEXPO 2017 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi Haftalikning nufuzli va ommabop tadbirlari sirasiga kiradi. Ko‘rgazma 19-21 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda 70 ziyod kompaniyalarning stendlari namoyish qilinmoqda. Buning uchun "O‘zekspomarkaz" MKM ning №1-pavil’oni 20 mingdan oshiq tashrif buyuruvchilarni qabul qilishga hozirlangan. Bu yil ko‘rgazmani o‘tkazish jarayonidagi muhim yangiliklardan biri – ko‘rgazmada ishtirok etish uchun stendlarni onlayn buyurtma qilish interaktiv xizmati joriy qilindi. Buning uchun www.ictweek.uz saytidagi interaktiv xarita orqali ma’qul stendni tanlash va oldindan band qilish mumkin bo‘ldi.

    Bu yil tashkil qilinayotgan ko‘rgazma kichik va o‘rta biznes sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi axborot texnologiyalari kompaniyalari uchun katta imkoniyatlar eshiklarini ochib beradi. Ishtirokchilarga ko‘rgazma doirasida shartnomalar imzolash huquqi beriladi. Bu esa yangi ishlanma va dasturlarni amalda tatbiq etish dasturiy ta’minot bozori rivoji uchun ayni muddao. Shuningdek, bu yil ko‘rgazmada ishtirok etuvchi yurtimiz aholisi nafaqat mahalliy, shuningdek jahon IT-sanoatining ilg‘or mahsulotlari bilan ham tanishadilar. Bu yil ko‘rgazmada Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Shveysariya davlatlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xizmatlari ham namoyish qilinadi. 

    Shuningdek, ko‘rgazma formatiga ko‘ra ham noan’anaviy bo‘ladi. Aniqrog‘i, innovatsion! Ko‘rgazma pavilonlari orasida madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilindi. Jumladan, Cyber Games, startap loyihalar taqdimotlari, “RoboKidz” – robotlar namoyishi, demozona – yangi loyihalar namoyish etiladigan hudud, 3D-zallar, shu bilan birga, interaktiv o‘yinlar uchun bo‘limlar mavjud. 

    Manba: Axborot xizmati