Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 11-44
Barcha raqamlar
  • ICTWEEK Uzbekistan 2017 an’anaviy AKT haftaligi nihoyasiga yetdi
    23.09.2017

    22 sentabrda 2004 yildan boshlab an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan ICTWEEK Uzbekistan 2017 an’anaviy AKT haftaligining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yopilish marosimida nufuzli tadbirni tashkil etishga hissa qo‘shgan hamkor hamda homiylarning sa’y-harakatlari e’tirof etildi. 
    Jumladan, ICTExpo2017 AKT mahsulotlari ko‘rgazmasida faol ishtirok etgan va tashrif buyuruvchilarning diqqat-markazida bo‘lgan quyidagi ishtirokchilar 8 nominatsiya bo‘yicha g‘olib deb topildilar. 

    1. «Eng yaxshi stend dizayni uchun» - “O‘ZBEKTELEKOM» AK; 
    2. «Eng innovatsion stend» - VEON “UNITEL” MChJ (BEELINE)
    3. «Axborot bilan ta’minlagan eng yaxshi stend» - «Universal Mobile systems» MChJ (UMS);
    4. «Eng ko‘p tashrif buyurilgan stend» - «O‘ZBEKTELEKOM» AK
    5. «Yoshlar tanlovi» - Huawei Tech Investment Tashkent 
    6. «Eng yaxshi reklama kampaniyasi» - “COSCOM” MChJ (TM UCELL);
    7. «Stendning eng yaxshi personali» - UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi;
    8. «Tashrif buyuruvchilar e’tiboriga tushganligi uchun priz» - HAPPYME TECHNOLOGIES. 

    Shuningdek, marosimda "Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent innovatsiya markazi"ning ilk a’zosiga aylangan 28 ta dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga ham a’zolik guvohnomalari topshirildi. 

    Tadbirda o‘z faoliyatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq qilayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu bilan birga sohani ommaviy axborot vositalarida tezkor yoritib kelayotgan faol jurnalistlar ham e’tirof etildi, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

    G‘olib va sovrindorlarning batafsil ro‘yxati bilan www.ictweek.uz saytida tanishib olishingiz mumkin.

    Manba: Axborot xizmati