eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-Parkda Nobel mukofoti laureati Dan Shextman bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
    08.11.2019

    IT-Parkda “kvazikristallarni kashf etgani” uchun 2011-yilda kimyo boʻyicha Nobel mukofoti laureate boʻlgan, Isroilning yetakchi Texnologiya universiteti Texnion professori Dan Shextman bilan rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda Isroil davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapira, IT-Park bosh direktori Farhod Ibragimov, Isroil Davlati elchixonasi delegatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari, shuningdek IT-Park startap jamoalari vakillari ishtirok etdilar.

    Janob Eduard Shapira Oʻzbekiston Respublikasining IT sohasini rivojlantirish uchun hukumat tomonidan koʻrsatilayotgan kuchli yordamlar, koʻplab xorijiy mutaxassislarni jalb qilinayotganligi haqida taʼkidlab oʻtdi va ushbu tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasida IT sohasidagi oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish ekanligini taʼkidladi.

    Oʻz navbatida IT-Park vakillari koʻplab xorijiy tadbirkorlarning Oʻzbekistonning startap-bozoriga bildirayotgan qiziqishlari, jalb qilingan investitsiyalar, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirib berdi. IT-Parkning maqsadlaridan biri mahalliy IT-mutaxassislar va tadbirkorlarni oʻz faoliyat doiralarini mahalliy bozordan xalqaro bozorga qadar kengaytirishlari uchun qoʻllab-quvvatlash hisoblanadi.

    Professor Dan Shextman oʻzining faoliyati va ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirish yoʻllari toʻgʻrisida batafsil soʻzlab berdi, shuningdek IT-Park vakillarini IT-tashkilotlar oʻrtasidagi netvorkingni kengaytirish uchun milliy IT-musobaqalarida ishtirok etishga taklif qildi.

    Tadbir doirasida IT-Park startap-jamoalari professor Dan Shextmanga oʻz loyihalarini taqdim etish va oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega boʻldilar.

    Manba: Axborot xizmati