Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 11-44
Barcha raqamlar
  • Davlat organlariga raqamli imzosiz murojaat qilish mumkin bo'ldi
    14.09.2017
    2017 yilning 13 sentabridan boshlab davlat organlariga murojaat qilganda elektron raqamli imzoning bo'lishi bekor qilindi. Mazkur qoida  "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to'g'risida"gi qonunning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 12 sentabr kuni imzolangan yangi tahririda o'z aksini topgan.  
     
    Shuningdek, qonunning yangi tahririda "qayta murojaat" tushunchasi ham qo'llanilgan bo'lib, u fuqaroning avvalgi murojaatiga nisbatan davlat organi tomonidan bildirilgan munosabat yoki javobdan noroziligini ma'lum qilish yoki murojaatini ko'rib chiqishni kechiktirilgani bayon qilingan murojaatlarga nisbata ishlatiladi. 
     
    Shu bilan birga hujjatning yangi tahririga quyidagi yangi tushunchalar kiritilgan:
    "ommaviy qabul" — davlat organi rahbarining yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shaxsining jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan ommaviy uchrashuvlarida murojaatlarni qabul qilishga doir harakatini;
    videokonferensaloqa — uzoqda joylashgan bir nechta abonentlarning real vaqt rejimida audio- va videoaxborot almashish imkoniyati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv hamkorlik qilishini;
    elektron murojaat — belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaatni anglatuvchi yangi tushunchalar kiritilgan.
     
    Eslatib o'tamiz, elektron raqamli imzosiz fuqarolar murojaatlarini qabul qilish amaliyoti ilk marotaba O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi faoliyatida tatbiq qilingan edi.

    Manba: Axborot xizmati