Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 11-44
Barcha raqamlar
  • Mobicon 2017 – Xalqaro mobil anjumani ish boshladi
    27.09.2017

    Bugun poytaxtimizda Mobicon 2017 – Xalqaro mobil anjumani ish boshladi. Tadbirda Beeline Uzbekistan, Google, “Yandeks”, “Odnoklassniki” va Belorussiyaning ijtimoiy tarmoqlarda reklama bilan shug‘ullanuvchi UFOX agentligi vakillari ishtirok etdilar. Yigirmadan ziyod spikerlar anjumanda xalqaro IT-kompaniyalar ekspertlari onlayn marketing, raqamli kommunikatsiya, mobil tijorat, muvaffaqiyatli IT jamoani shakllantirish kabi ahamiyatli mavzularda taqdimot qildilar. 

    Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining rasmiy ko‘magi yordamida Ledokol Group kompaniyasi tomonidan tashkil qilindi. 

    Anjuman doirasida 28 sentyabrda Belorussiyaning peshqadam SMM (ijtimoiy tarmoqlarda reklama) agentligi – UFOX kompaniyasi asoschilari ishtirokida seminar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Ular mashg‘ulotlarda ijtimoiy tarmoqlardagi reklama orqali mijozlarni jalb etish sirlari bilan o‘rtoqlashadilar.

    Manba: Axborot xizmati