Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 11-44
Barcha raqamlar
  • AKT sohasida faoliyat ko'rsatuvchi kompaniyalar diqqatiga!
    23.10.2017

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatish va asbob-uskunalar yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining shakllantirilayotgan ma’lumotlar bazasini to’ldirmoqda. 

    Mazkur ma’lumotlar bazasini shakllantirishdan ko‘zlangan maqsad -- AKT sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatish va uskunalar yetkazib berishga oid tenderlardagi keng ishtiroklarni ta’minlashdan iborat. 

    Mazkur ma’lumotlar bazasida AKT uskunalar, integratorlar yetkazib beruvchi muassasalarni, xizmat ko‘rsatuvchilarni, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari (mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar), shuningdek AKT loyihalar uchun hujjatlar rejalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi mahalliy kompaniyalar to‘g‘risida ma’lumotlar o‘rin oladi. 

    Qiziqish bildirgan kompaniyalarning quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi: 

    1. O‘zbekistondagi AKT loyihalarni amalga oshirishdagi shaxsiy tajriba va ishtiroki (loyihalar soni va misollar), jumladan davlat organlari bilan o‘rnatilgan hamkorlikka oid ma’lumot. 

    2. So‘nggi 5 yil mobaynida kompaniya xizmatidan foydalangan muassasalarning ijobiy munosabatlari aks etgan fikrlari; 

    3. Xorijiy kompaniya bo‘lgan taqdirda, uning O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning tasdiqlangan nusxasi hamda muassasa to‘g‘risida qisqacha ma’lumot; 

    4. Xorijiy kompaniya bo‘lgan taqdirda, uning o‘z mamlakatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganini tasdiqlovchi hujjat;

    5. Kompaniyaning so‘nggi 3 yil mobaynidagi o‘rtacha yillik mablag‘ aylanmasiga oid ma’lumot (mahalliy kompaniyalar so‘mda, xorijiy kompaniyalar AQSh dollarida ko‘rsatishlari zarur); 

    6. Kompaniya faoliyati, jumladan yetkazib beradigan uskunalari va ko‘rsatadigan xizmatlari to‘g‘risida ma’lumot; 

    7. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari uchun litsenziyaning mavjudligi; 

    8. Kompaniyalar hamkorlik qiluvchi AKT-uskunalar ishlab chiqaruvchilarning ro‘yxati;

    9. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish markazlari (servis sentr)ning mavjudligi; 

    10. Shu bilan birga, kompaniya ixtiyoriga ko‘ra boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar ham taqdim etilishi mumkin. 

    Hujjatlar 2017 yil 27 oktabrga qadar Toshkent shahri, 100015, Oybek ko‘chasi, 30-uy manzili bo‘yicha "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markaziga muhrlangan hamda "AKT sohasida uskunalar yetkazib beruvchi hamda xizmatlar ko‘rsatuvchilarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun" belgisi ostida yetkazilishi kerak. 

    Telefon: (+99871) 252-43-22, 252-50-16, 252-50-26, e-mail: tender@egov.uz

    Manba: Axborot xizmati