Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 11-44
Barcha raqamlar
  • Davlat onlayn xizmatlarini ommalashtirishda media yondashuvga bag‘ishlangan treninglar o‘tkazildi
    26.10.2017

    2017 yilning 26-27 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va «InfoCapital Group» konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda hamda Osiyo Taraqqiyot Banki ko‘magida "Davlat elektron xizmatlarini ommalashtirishda media yondashuvlar" mavzuida treninglar o‘tkazilmoqda. 

    «Samarali davlat boshqaruvi uchun elektron hukumat» loyihasi doirasida tashkil qilingan treninglarda davlat boshqaruvi organlarining Axborot xizmatlari xodimlari, OAV vakillari ishtirok etmoqdalar. 

    Seminarda davlat xizmatlariniing onlayn rejimga o‘tishi jarayonida aholini bundan xabardor qilish, xizmatlarni ommalashtirish va aholining "elektron ishtirokini" ta’minlashning eng maqbul usullaridan foydalanish bo‘yicha tajribalar muhokama qilindi.

    Joriy yilda Harakatlar strategiyasi doirasida Yagona portalning yangilangan shakli – my2.gov.uz ishga tushirildi. Mazkur portal ayni paytda test rejimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Yagona portalda 300 dan ziyod davlat xizmatlari bir joyga to‘plangan bo‘lib, bu yerda shuningdek, fuqarolar o‘zlarining fikr-mulohazalari, arizalari va murojaatlarini qoldirishlari mumkin.

    Bugun arizalar, murojaatlar, hisobotlar, hujjatlarni rasmiylashtirish, mulkni va biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va shu kabi ko‘plab xizmatlarni onlayn amalga oshirish mumkin. Bu o‘rinda elektron xizmatlardan foydalanish bo‘yicha savodxonlikni oshirish muhim ahamiyatga ega. Buni samarali targ‘ib qilishda yangi metodlardan foydalanish, zamonaviy media formatlarni ishga solish zarur.

    Manba: Axborot xizmati