Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 11-44
Barcha raqamlar
  • Milliy aloqa operatori GSM tarmog'ida millioninchi abonentni ro‘yxatdan o‘tkazdi
    09.11.2017

    “UZMOBILE” milliy mobil aloqa operatori “Millioninchi abnonent” deb nomlangan katta bayram aksiyasini o‘tkazdi. 9-noyabr kuni keng jamoatchilik va omaviy axborot vositalari vakillarining ko‘z o‘ngida GSM tarmog’ida millionchi abonentini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Uning kim — talaba yoki uy bekasi, yosh qiz yoki faxriy ustoz — bo‘lishi so‘nggi daqiqalargacha jumboq bo‘lib turdi.

    Toshkent vaqti bilan soat 11:00 ga bong urganda “UZMOBILE”ning savdo ofisiga bir yosh yigit kirib keldi va “UZMOBILE” GSM tarmog‘iga ulanish istagida ekanini aytdi. Aynan u — Toshkent arxitektura va qurilish institutining birinchi kurs talabasi GSM standarti bo‘yicha “UZMOBILE” kompaniyasining ramziy millioninchi abonentiga aylandi. U “UZMOBILE” (GSM)ning millionchi abonenti sertifikati, shuningdek, “chiroyli raqam”ga bepul ulab berish bo‘yicha sertifikat va bepul internet-paket bilan taqdirlandi.

    Milliy mobil aloqa operatori  GSM tarmog‘ini uzluksiz kengaytirib, rivojlantirib bormoqda. Butun o‘zbekiston bo‘ylab 2G/3G va 4G texnologiyalarini joriy etish bosqichma-bosqichma bosqich amalga oshirilayapti. Ayni paytda respublikaning barcha viloyat va tuman (shahar) markazlarida 4G tarmog‘i ishlab turibdi. Kompaniyaning savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari, savdo bilan shug‘ullanuvchi vakillarining soni jadallik bilan o‘sib bormoqda. Qulay va cho‘ntakbop tarif rejalari, yuqori sifatli xizmatlar hamda xizmat ko‘rsatishning qulayligi bugunga kelib GSM tarmog‘iga mamlakat bo‘ylab milliondan ortiq abonentlar ulanishiga olib keldi.

    “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi hamda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi bilan imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumda ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy mobil aloqa operatori “Xalq bilan muloqot” deb nomlangan maxsus xizmat yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida kompaniya abonentlari hozirgi vaqtda 80 dan ortiq davlat idoralarining saytlariga bepul kirib, ulardagi interaktiv xizmatlardan beminnat foydalanib kelmoqdalar.

    Manba: Axborot xizmati