Ishonch telefonlari
0-800-200-41-07 11-44
Batafsil
  • Vazirlikda O‘zbekistonning «Yandeks» bilan hamkorligi muhokama qilindi
    07.12.2017
    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

    Uchrashuvda rossiyalik axborot texnologiyalari ekspertlariga O‘zbekistonda sohani rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, xususan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Muzokaralarda asosiy e’tibor yosh dasturchilarni tayyorlash yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasiga qaratildi. 

    Shuningdek, «Yandeks» kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonda geografik axborot tizimlari, jumladan muayyan hududga oid grafik-tasvir ma’lumotlarini o‘rganish, to‘plash va tahlil qilish tizimlarini yaratish masalasi ham muhokama qilindi. 

    «Yandeks» — rossiyalik transmilliy kompaniya bo‘lib, Internet tarmog‘ida shu nomdagi qidiruv tizimi, internet-portallarga egalik qiladi hamda bir necha davlatlarda IT-xizmatlarni ko‘rsatadi. Ayniqsa, Rossiya, Turkiya, Belorussiya va Qozog‘iston axborot texnologiyalari bozorida yuqori o‘ringa ega.

    Manba: Axborot xizmati