Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Manzil-ma’lumot axborotlarini elektron taqdim etish xizmati joriy qilindi
    06.06.2018
    O'zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida manzil-ma'lumot axborotlarini taqdim etishga mo'ljallangan yangi xizmat joriy etildi. Ushbu davlat xizmati jismoniy shaxslarga fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun ro'yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma'lumotnomani olish bo'yicha elektron ariza taqdim etish imkonini beradi.
     
    O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 1995 yil 31 maydagi "Ichki ishlar organlarida manzil-ma’lumotlar idorasi ishlarini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida"gi 149-son buyrug'iga binoan, ushbu davlat xizmatini ko'rsatish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, viloyatlardagi ichki ishlar boshqarmalari vakolatli organ hisoblanadi.
     
    Mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun fuqarolar Yagona portaldagi o'zlariining shaxsiy kabinetlariga kirishlari zarur. Portalda shaxsiy kabinet ochish Yagona identifikatsiya tizimi (id.gov.uz) orqali, elektron imzo orqali amalga oshiriladi. Shundan so'ng "Xizmatlar" bo'limi orqali foydalanuvchi vakolatli organga elektron ariza yuborishi mumkin.
     
    Unutmang, foydalanuvchi ushbu xizmat orqali faqat o'zining shaxsiy manzil ma'lumotlarini so'rashi va qabul qilishi mumkin. Xizmat bepul va uch ish kunida ko'rsatiladi. Ushbu ma'lumotnoma fuqaroning yashash manzilini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati