Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • NCG Engineering kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi
    12.07.2018

    Kecha, 11 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining NCG Engineering kompaniyasi rahbari, Eurabit MChJ QK ta’sischisi Jang Il Kvon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda tomonlar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan investitsion hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar. Xususan, NCG Engineering kompaniyasi O‘zbekistonda reyestr taqsimoti, ya’ni blokcheyn texnologiyasini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

    Tomonlar tez orada vazirlik mutaxassislari, o‘zbekistonlik qiziqish bildirgan ekspertlar uchun tez orada muhokama qilingan mavzulardagi taqdimotlarni tashkil qilishga kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati