Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
  • TATU professor-o‘qituvchilari uchun Belarus davlat Informatika va radioelektronika universitetida seminar
    07.02.2019

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti (TATU) hamda Belarus davlat Informatika va radioelektron universiteti (BDIRU) o‘rtasidagi memorandumga asosan shu yilning 1-fevralidan universitet professor-o‘qituvchilari tajriba almashish o‘quv-seminarlarida ishtirok etmoqda. Ushbu o‘quv-seminar jarayoni 28-favralgacha davom etishi rejalashtirilgan.

    Malaka almashish hamda o‘quv-seminarlardan ko‘zlangan maqsad TATU va BDIRU o‘rtasida informatsion texnologiyalar qo‘shma fakulteti dars jarayoni uchun yangi o‘quv materiallarni o‘zlashtirish, o‘zaro bir yillik o‘quv-materiallarini yaratish hisoblanadi.

    2018-yilning 13-sentyabrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat Informatika va radioelektron universiteti o‘rtasida informatsion texnologiyalar qo‘shma fakulteti (ITQF TATU-BDIRU)ni tashkil etish borasida bitim imzolangan edi.

    Manba: Axborot xizmati