Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
  • TATU Talabalar media markazi assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi
    08.02.2019

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Bonch Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasining “Talabalar media markazi assotsiatsiyasi(TMMA)”ga a’zo bo‘ldi.

    Ushbu Markazga a’zo bo‘lishdan ko‘zlangan maqsad TATU hamda “Talabalar media markazi assotsiatsiyasi” o‘rtasida umumiy media kontent yaratish, shuningdek, talabalarning bilim va malaka almashinuvi jarayonini amalga oshirish hisoblanadi.

    Markazning asosiy vazifasi butun Rossiya Federatsiyasi talabalarining yagona media portalini rivojlantirish bo‘lib, media markaz yordamida yoshlarning ta’lim olish jarayoni, innovatsion ishlanmalarini hamda talabalar uchun eng maqbul yagona media kontent yaratishni ko‘zlagan.

    Assotsiatsiya 2015-yilda tashkil etilgan va Rossiya Federatsiyasida 50 dan ortiq a’zolariga ega.

    Manba: Axborot xizmati