Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
Ilmiy-tadqiqot muassasalari, olimlar va mutaxassislar diqqatiga!

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamda O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati hamkorlikda soha korxona va muassasalari rahbarlari ishtirokida dolzarb va istiqbolli ilmiy tadqiqotlar uchun mavzularni shakllantirish va natijalarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Shu asosda 2018-yilda AKT ni rivojlantirish fondi tomonidan keyingi yilda moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlanmalari uchun mavzular shakllantirildi.

Unga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018-yilda aloqa va axborotlashtirish sohasida quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:

 

1.

Shahar va qishloq hududlaridagi telekommunikatsiya tarmoqlarni ma’lumot uzatishning optik aloqa tizimlari yordamida modernizatsiyalash.

2.

“Elektron hukumat” tizimi rivojlanish darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi tahlil metodlari, baholash mezonlarini ishlab chiqish va tatbiq etish.

3.

Davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqish va tatbiq qilish.

4.

“Sun’iy intellekt” metodlari va ulardan axborot xavfsizligini ta’minlashga joriy qilish.

5.

Hududlarda AKT ni rivojlanishini monitoring qiluvchi va baholaydigan axborot-tahlil tizimlarini ishlab chiqish.

6.

Raqamli formatda ishlashga mo‘ljallangan, detsimetrli diapazonda ishlaydigan analog televizion uzatkichlarni modernizatsiya qilish.

7.

FM radiouzatish ishlarida foydalanish uchun detsimetrli diapazonda ishlaydigan analog televizion uzatkichlarni modernizatsiya qilish.

8.

Ovozli radiouzatishda ma’qul DVB-T2 uzatkichlari parametrlarini tanlash bo‘yicha tadqiqot olib borish.

Takliflar va o‘zgartirishlar yuzasidan Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamda O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyatining 2384389, 2363734 telefon raqamlariga murojaat qiling.

Tanlovga mavzular yuzasidan ilmiy ishlar loyihalarini 2017 yilning 8 noyabriga qadar taqdim etish mumkin. Ma’lumot va loyihalarga qo‘yiladigan talablar yuzasidan vazirlikning ilmiy kotibi S.Rahimboyevga murojaat qiling (Tel.: 238-43-19).

Qiziqish bildirgan shaxslardan quyidagi so‘rovnomani to‘ldirishlarini so‘raymiz