Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 +99871 237-01-11 Barcha raqamlar
Jamoatchilik maslahat kengashi nizomi

O‘zbekistan Respublikasi Axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligining 2016 yil “09” dekabrdagi 
359-son buyrug‘iga ilova

 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoatchilik maslahat Kengashi to‘g‘risida Nizom

1. Umumiy qoidalar

1. O‘zbekistan Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoatchilik maslahat Kengashi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jixatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4848 - son Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 apreldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risida Nizom hamda amaldagi normativ xujjatlar va mazkur Nizom talablariga amal kiladi.

2. Mazkur Nizom tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoatchilik maslahat Kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi va vazifalari, hukuk; va majburiyatlari hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

3. Kengash doimiy faoliyat yurituvchi maslahat organidir.

4. Kengash a’zolari soni va tarkibi Vazirlik buyrugi bilan tasdiqlanadi.

5. Kengash tarkibiga quyidagilar kiradi:

Vazir (Kengash raisi), Vazirning birinchi o‘rinbosari va Vazir o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), Aloka, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari (lavozimi bo‘yicha), vazirlikning tegishli boshqarmalari, bo‘limlari boshliqlari, Vazirlik tarkibiga kiruvchi korxonalar hamda litsenziyalar asosida faoliyat yurituvchi tegishli korxonalar rahbarlari.

Kengash a’zolaridan birortasi lavozimidan ozod qilinsa ushbu lavozimga tayinlangan shaxs Kengash a’zosi hisoblanadi.

Kengash faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi buyrug‘i bilan o‘zgartirib turiladi.

2. Vazifalari

6. Kengashning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatini tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazib berish, tegishli hududda yashovchi fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda litsenziya masalalari bo‘yicha maslahat berish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida yuzaga keladigan muammoli masalalarni hal etishda vakolat doirasida ko‘maklashish, sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishdan iborat.

7. Kengash o‘zining qarorlari bilan tadbirkorlik sub’ektlariga maslahat berish, ular faoliyatida yuzaga keladigan muammoli masalalarni hal etishda vakolat doirasida ko‘maklashish, sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

8. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining ehtiyojlaridan kelib chikdan holda ularning takliflarini o‘rganadi va umumlashtirib, qonun va qonunosti normativ hujjatlariga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha zarur takliflarni tayyorlaydi.

9. Yangi qabul qilingan sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazib berish, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida seminarlar tashkil etadi.

3. Kengash faoliyatini tashkil etish

10. Kengashning faoliyati rais tomonidan tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi.

11. Kengash majlisi Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan bir yillik ish rejasiga asosan bir yilda kamida ikki marotaba o‘tkaziladi.

Kengash ish rejasi loyixasi Kengash kotibi tomonidan hisobot yili yakunida keyingi yil uchun tayyorlanadi va Kengash raisiga tasdiqlashga kiritiladi.

Kengash ish rejasi guruh a’zolari hamda tadbirkorlik sub’ektlarining asoslantirilgan takliflari asosida shakllantirilishi mumkin.

12. Kengash a’zolari sohada tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari sifati va turini oshirish, tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlanishiga g‘ovlarni bartaraf etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishdagi mavjud muammolar, ularni oldini olish yo‘llari yuzasidan Kengash kotibi orqali o‘z takliflarini Kengash muhokamasiga taqdim etishlari mumkin.

Barcha hujjatlar tayyorlangandan so‘ng masala Kengash kotibining taqdimnomasiga ko‘ra Kengashning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritiladi.

13. Kengash yig‘ilishi kun tartibi Kengash ish rejasi va/yoki Kengash a’zolarining taklifiga asosan mas’ul kotib tomonidan shakllantiriladi va Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Kengash majlisiga boshqa davlat organlari vakillari va tadbirkorlik sub’ektlari taklif etilishi mumkin.

14. Kengash raisi yo‘qligida Kengash majlisini Kengash raisi o‘rinbosarlaridan biri kelishilgan xolda olib boradi.

15. Kengash tadbirkorlik sub’ektlarida mavjud bo‘lgan muhim masalalarni ko‘rib chiqib, tahlil va muhokamalar asosida tegishli tadbirlarning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan qaror qabul qiladi.

Kengash majlisida Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgandagina Kengash karori qonuniy hisoblanadi.

16. Qaror Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan hollarda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi bo‘lib hisoblanadi.

17. Ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha qabul qilingan Kengash qarorlari Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va amalga tadbiq etiladi. Kengash majlisi bayonnomasi Kengash kotibi tomonidan tuziladi.

18. Qonun doirasida qabul qilingan Kengash qarorlari Kengash a’zolari tomonidan bajarilishi shart va ular belgilangan tartibda javobgardirlar. Kengash raisi Kengash qarorlari bajarilishini nazorat qiladi.

4. Kengash a’zolarining majburiyatlari

19. Kengash a’zolari quyidagi majburiyatlarni bajaradilar:

Kengash ish rejasi va kun tartibiga muvofiq Kengash majlisiga kiritilgan masalalarni muhokama qilishda, qaror qabul qilish va uni tadbiq etish yuzasidan Kengash ishida faol katnashadilar;

aloqa va axborotlashtirish sohasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarni tegishli qonun hujjatlari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradilar;

fuqarolarning tegishli masalalar yuzasidan qilgan murojaatlarini o‘rganib chiqadilar hamda ularga tegishli yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadilar;

o‘ziga ma’lum bo‘lgan tegishli hududda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlarining tijorat siriga oid ma’lumotlari sir saqlanishini ta’minlaydilar.

Kengash a’zolari zimmasiga Kengash muhokamasiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar va hujjatlar tayyorlanishini ta’minlash hamda taklif-mulohazalar berish yuklanadi.

Kengash a’zolari o‘ziga biriktirilgan masalalarga oid Kengash ma’lumotlari va hujjatlarini, qaror loyihalarini, tegishli taklif va mulohazalarni Kengash o‘tkaziladigan kundan bir hafta oldin tayyorlanishini hamda Kengash kotibiga yetkazilishini ta’minlashga mas’uldirlar. Kengash kotibi ko‘rib chiqiladigan masalalarga taalluqli materiallarni umumlashtirib, Kengash raisi va azolariga taqdim etadi.

Ko‘riladigan masalalarga oid ma’lumotlar va hujjatlarni tayyorlanishiga Kengash a’zolari mas’uldir.

20. Kengash a’zolari faoliyati davomida jismoniy va yuridik shaxslarga bergan maslaxatlari faoliyatni yuritishda bergan yo‘nalish va tushuntirishlariga, shuningdek Kengashda ko‘rib chiqilgan va qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi uchun javobgardirlar.

5. Ma’lumotlar va hujjatlarni tayyorlash, ish yuritish

21. Kengash o‘tkaziladigan muddatdan uch kun oldin Kengash a’zolari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan puxta va sifatli tayyorlangan kerakli ma’lumotlar Kengash kotibi tomonidan Kengash a’zolariga yo‘nalish bo‘yicha yuboriladi.

Kengash kotibi Kengash a’zolaridan olingan ma’lumotlarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va tegishli ma’lumotlarni tayyorlaydi.

22. Kengash a’zolari tomonidan ma’lumotlar va hujjatlar (kerakli bo‘lgan ma’lumotnoma, qaror va buyruq loyihalariga takliflar) Kengash kotibiga majlisdan ikki xdfta oldin taqdim etiladi.

23. Kengash kotibi kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Kengash a’zolaridan tegishli ma’lumotlarni oladi, tahlil qiladi va umumlashtirib, Kengash raisiga kiritadi. Ma’lumotga hisobot davrida Kengash a’zolari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish hamda faoliyatni takomillashtirish takliflari ham kiritiladi.

Kengash kotibi Kengash bayonnomasini rasmiylashtiradi va Kengash qarorlariga asosan Qaror loyihasini Kengash raisiga imzolashga kiritadi.

24. Kengash raisining qaroriga binoan majlis o‘tkazish vaqti o‘zgartirilishi va navbatdan tashqari majlislar o‘tkazilishi mumkin.

Kengash majlisi qarorlari bir hafta muddat ichida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi va bajarilishi uchun joylarga yetkaziladi.

6. Turli masalalar

Ish jarayonida yangi talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda ushbu Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar belgilangan tartibda kiritilishi va Nizom takomillashtirilishi mumkin.