Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 11-44
Barcha raqamlar
O'zbekistonda elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish holati

Elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.

Me’yoriy-huquqiy asos — Mamlakatimizda elektron hukumat tizimi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida» va «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Amalga oshirilgan yirik loyihalar:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)

Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz)

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali (regulation.gov.uz)

“Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi (license.gov.uz)

“Yagona darcha” markazlari faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizim (birdarcha.uz)

Axborot tizimlari komplekslari:

«Kliring»

«Xarid»

«Byudjet»

«Bojxona»

«Adliya»

«Sog‘liqni saqlash»

«Ta’lim»

«Kommunal»

«Adliya-2»

«Nafaqa»

«Davlat boshqaruvi»

Elektron hukumat tizimini joriy etishga mas’ul organ va muassasalar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ bo‘lib, elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi - Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishning me’yoriy-metodik ta’minlanishini tashkil qilish, davlat organlarida foydalanilayotgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va integrasiyalashni ta’minlaydi.

Davlat organlari elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi.