Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 11-44
Barcha raqamlar
Xalqaro aloqalar. Qisqacha ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi boshqa mamlakatlar hamda sohaning xalqaro tashkilotlari bilan ikkitomonlama hamkorligini amalga oshiradi. 
 
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, mamlakatni jahon hamjamiyatidagi o‘rnini oshirish yo‘lida O‘zbekiston Xalqaro elektraloqa ittifoqi va Butunjahon pochta ittifoqining teng huquqli a’zosiga aylandi. 
 
Xalqaro elektraloqasi ittifoqi
Vazirlikning Xalqaro elektraloqasi ittifoqining faoliyatida 1992 yildan buyon teng huquqli a'zo sifatida ishtirok etib kelayotgani ham muhim ahamiyat kasb etadi. XEI (Halqaro Elektraloqa Ittifoqi) Birlashgan Millatlar Tashkilotining AKT sohasida ixtisoslashtirilgan muassasi hisoblanadi. XEI 1865 yil Parijda Halqaro telegraf ittifoqi sifatida tashkil qilindi. Xozirgi nomiga 1934 yilda olib, 1947) Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan muassasasiga aylandi. Avvaldan davlat va shaxsiy sektor o‘rtasida hamkorlikga asoslangan, XEI tarkibida 193 da davlat va 700 dan ortiq shaxsiy sektor va akademik muassasalar mavjud. XEI shtab kvartirasi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan. 
 
Mamlakatimiz Xalqaro elektraloqasi ittifoqining a’zosi bo‘lgach, bir qator imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Jumladan, telekommunikatsiyalar xizmatlari uchun radiochastota spektri va geostatsionar yo‘ldoshlar orbitalaridan foydalanishni yaxshilash, XEI doirasida texnikaviy yordam olish, elektraloqa jihozlari va tarmoqlarini tashkil etish, rivojlantirish va takomillashtirish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tegishli dasturlarida ishtirok etish va zaruratga qarab XEI resurslaridan foydalanish, telekommunikatsiyalar xizmatlaridan birgalikda foydalanish yo‘li bilan inson hayoti xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ldi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Ittifoqqa a’zo bo‘lish orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ldi:
 
- xalqaro telefon, telegraf, teleks, faksimil aloqasida, ma’lumotlar almashinish tizimi, mamlakatda xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini yagona texnologik sikl, talab va standartlar asosida boshqarishda barcha davlatlar bilan aloqa o‘rnatish;
- xalqaro radiochastota spektrlarini uzatish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston manfaatlarini olg‘a surish;
 
- O‘zbekiston Respublikasi hududida teleradiouzatish va radioelektr texnologiyalarini boshqarish parametrlari va usullarini kelishish;
 
- Xalqaro telekommunikatsiya almashinuvida xorijiy operator va tashkilotlar bilan kelishuv olib borish;
 
- Xalqaro telekommunikatsiyani rivojlantirish chora-tadbirlarining yagona siyosatini yurgizish, XEI tomonidan axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini taraqqiy etirish bo‘yicha o‘tkaziladigan loyihalarda ishtirok etish; 
 
- sohani rivojlantirish bo‘yicha texnik va konsultativ ko‘mak olish;
 
- AKT va telekommunikatsiya sohasi bo‘yicha mutaxassislarning xorijda bilim va ko‘nikmalarini oshirish;
 
- AKT va telekommunikatsiya sohasining boshqa yo‘nalishi bo‘yicha jahon miqyosida olib borilayotgan yagona siyosati doirasida loyihalarni amalga oshirish va nazorat qilish.
 
Butunjahon pochta ittifoqi
Mustaqillik yillarida “O`zbеkiston pochtasi” OAJ pochta aloqasi sohasida faoliyat yuritayotgan davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan xuquqiy, tеxnologik va moliyaviy aloqalarni o`rnatish imkoniyatiga ega bo`ldi.
1874 yilning 9 oktabrida Shveysariyada 22 mamlakat vakillari umumiy pochta shartnomasini imzolashdi. 1878 yilning birinchi mayida ikkinchi kongress o‘tkazildi va unda pochta ittifoqining nomi o‘zgartirildi. Shunday qilib, u "umumiy" emas, Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) dea yuritila boshlandi. Unga a'zo mamlakatlar soni ham tobora oshib bordi. Bugungi kunda xalqaro pochta o‘z mijozlarining 6800 tilida gaplasha oladi. 191 a'zo mamlakatni jamlagan BPI esa dunyodagi eng yirik tarmoqqa aylandi. Ushbu a'zo mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham bor.
 
O‘zbekiston Respublikasi Butunjahon pochta ittifoqiga a’zo bo‘lish orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ldi: 
 
- Butunjahon pochta konvensiyasi va qo‘shimcha kelishuvlar yordamida yagona shakldagi xalqaro pochta aloqalarini yo‘lga qo‘yish va xalqaro pochta almashinuvlarida ishtirok etish;
 
- Ittifoq a'zo-davlatlar bilan pochta sohasidagi hamkorlikni tashkil etish;
- yangi pochta xizmatlari hamda standartlarini joriy etishda ishtirok etish, taklif bildirish;
 
- Butunjahon pochta ittifoqiga a'zo mamlakatlar bilan pochta xavfsizligi sohasida hamkorlik qilish;
 
- Butunjahon pochta ittifoqiga a'zo mamlakatlar o'rtasida yil yakunlari bo'yicha xalqaro pochta almashinuvlari uchun yillik yagona hisob-kitob tartibini ishlab chiqish, kelishish va qabul qilishda ishtirok etish;
 
- pochta aloqasi va pochta aloqasi xavfsizligini ta'minlash doirasidagi xalqaro anjuman va forum, seminarlarda ishtirok etish;
 
- Butunjahon pochta ittifoqining oddiy pochta jo'natmalarini nazorat qilishda doimiy ishtirok etish;
 
- Butunjahon pochta ittifoqi qoshidagi Fond tomonidan moliyalashtiriladigan pochta xizmatlarini yaxshilash bo'yicha loyihalarni amalga tatbiq etishda ishtirok etish.
 
"O‘zbekiston pochtasi" OAJ dunyoning 92 mamlakati bilan pochta jo‘natmalarini ayirboshlash tizimini yo‘lga qo‘ydi. Rossiya, AQSh, Germaniya, Ukraina, Qozog‘iston, Turkiya, Korea Respublikasi pochta tizimlari bu hamkorlikda salmoqli o‘rin tutadi.
 
O‘zbekiston pochta mutaxassislari 2004-2010 yillarga mo‘ljallangan uchta loyihasini BPI qoshidagi Aloqa xizmatlarini rivojlantirish fondi e'tiboriga havola etgan edi. Ulardan ikkitasi bugun amaliyotga to‘la tatbiq etildi. Uchinchi loyiha ham ishlab chiqarishga joriy etilish arafasida.
 
2010 yili Bernda Butunjahon pochta ittifoqi tomonidan tashkil qilingan sifat xizmatini yaxshilash Fondi Ko‘mak kengashining qaroriga asosan "O‘zbekiston pochtasi" OAJda respublika ichki magistral avtomobil yo‘nalishida xat-xabarlar o‘tishini yaxshilash loyihasi eng yaxshi tatbiq etilgani uchun jamiyat mukofotlangan.
 
Xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik 
 
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi soha doirasida Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Hindiston, Singapur, Malayziya, Germaniya, Shveysariya, AQSh va boshqa ko‘plab sohada ilg‘or natijalarga erishayotgan mamlakatlar bilan o‘zaro mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. MDHga a’zo mamlakatlar o‘rtasida tashkil etilgan Aloqa sohasida hududiy hamkorlik (RSS) doirasida ham soha yuzasidan samarali hamkorlik o‘rnatilgan. 
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasidagi xalqaro bitimlar, kelishuvlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar o‘rnatilgan xalqaro hamkorlikning asosi hisoblanadi. 
 
Axborot-kommunikatsiya, telekommunikatsiya texnologiyalari bozorida O‘zbekiston Respublikasi Huawei TechnologiesZTE Corporation (Xitoy), KT Corporation (Koreya), NEC Corporation va Sumitomo Corporation (Yaponiya), Telia Sonera (Shvetsiya-Norvegiya), Nokia Siemens Networks (Finlandiya-Germaniya), Alcatel Lucent (Fransiya-AQSh), VmpelKom (Rossiya) kabi xalqaro kompaniyalar bilan savdo-investitsiya aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.