Ishonch telefonlari
0-800-200-41-07 11-44
Batafsil
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi foydalanuvchilari, hurmatli iste’molchilar diqqatiga!

Iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, sohada mavjud muammolarni tezkorlik bilan oldini olish va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish maqsadida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining virtual qabulxonasi yoki 200-41-07 ishonch telefoni orqali murojaat yuborishingiz mumkin.

Shuningdek, Vazirlik tizimidagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining 237-01-11 raqamli “Ishonch telefoni” ga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat yo’llashdan oldin unutmang, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq:

Murojaatlarda fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan, taklif, ariza yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi lozim. Ushbu ma’lumotlar ko‘rsatilmagan murojaatlar anonim xat hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.
 
Fuqaro o‘z murojaatini – ariza, taklif yoki shikoyatni vakolatli davlat organiga shaxsan yoki aloqa vositasi orqali taqdim qilish huquqiga ega. Murojaat qilayotgan shaxs voyaga yetmagan yoxud layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, murojaat tegishli tartibda, qonunchilikka muvofiq ularning vakili tomonidan taqdim qilinishi mumkin.