Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 11-44
Barcha raqamlar
Axborot xizmati

Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

- Vazirlik rahbariyati tomonidan belgilanadigan sohada axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;

- Vazirlik faoliyati doirasidagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan loyihalar, normativ-huquqiy hujjatlarning mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlash;

- Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Vazirlik faoliyatining dolzarb jihatlarini, shuningdek axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirilishi masalalarini yoritish;

- Internet tarmog‘ida Vazirlikning veb-resursini (rasmiy veb-saytini) tashkil etish, unga sohaga oid axborotlarni muntazam joylashtirib borish.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

Sizga Axborot xizmati doimiy hamkorlikka tayyor ekanligini, Vazirlik faoliyatiga oid tahliliy ma'lumot va sharhlarni olishingizga ko'maklashishga tayyor ekanini bildiramiz. Har bir murojaatingizga nisbatan sifatli va o'z vaqtida munosabat bildiriladi.

Vazirlik Axborot xizmati Sizning so'rovlaringiz yuzasidan sifatli material tayyorlash yuzasidan tizimdagi korxona va tashkilotlar ham jalb qilinadi.

Shuningdek, siz ommaviy axborot vositasi vakili sifatida Vazirlik veb-saytida elektron akkreditatsiyadan o'tish imkoniyatiga ham egasiz.  

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasiga oid maqola, lavha hamda intervyular tayyorlashda hamkorlik uchun Axborot xizmatiga murojaat qiling.

Axborot xizmati uchun mas'ul shaxs: Dalimov Elbek Ulug'bekovich

Тel.: 238-41-75

Faks: 239-87-82

Elektron pochta: e.dalimov@mitc.uz